Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили


Manzura xalq oldida ilk imtixonini a’loga topshirdi!!!
14:57
O’zbek estradasining iste’dodli xonandalaridan biri Manzura o’zining 18 yillik ijodi sarhisobi bo’lgan ilk yakkaxon konsert dasturini a’lo bahoga topshirdi. Kecha, 2015-yilning 1-fevral sanasida soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Manzuraning ilk yakkaxon konsert dasturining birinchi kuni bo’lib o’tdi.
Konsert zal muxlislar bilan to’ldi. Yulduzli mehmonlarni esa sanab sanog’iga yetish mushkul. Oybek va Nigora, Shahzoda Muhammedova, Madina Mumtoz va uning turmush o’rtog’i Murod Chusti,, Farruh Ahmedov, Umidaxon, Guli Asalxo’jaeva, Tohir Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Shukrullo Isroilov, Abdurashid Yo’ldoshev, Doston Ubaydullaev, Dilso’z, Shoira Otabekova, Ruhshona va Sanjar Matkarimov, Tamila, Amira Alibekova va boshqa san’atkorlar Manzurani zalda o’tirgan holda qo’llab-quvvatlab turishdi. Konsert oldi matbuot anjumanida ta’kidlab o’tilganidek, konsert davomida sahna dekoratsiyalari o’zgarib turishi kuzatildi. Qo’shiqlarga monanda ravishda bir necha bor sahnadagi dekoratsiyada kichik o’zgarishlar bo’ldi. Boshlovchilik vazifasini bajarish uchun Akmal Mirzo, Jahongir Poziljonov va Davron Kabulov birin ketin chiqib kelishdi. Aslida u qadar boshlovchiga ehtiyoj sezilmagan bo’lsada, bu uch navar ijodkor konsertga yanada jon bag’ishlashdi. Tashrif buyurgan tomoshabinlarni kayfiyatini yanada ko’tarishdi. Ayniqsa, bu uchlik tomonidan ijro etilgan yumoristik tarona barchani diqqatini tortdi. Konsert davomida Manzurada hayajon sezildi. Hayajon bo’lishi ham tabiiy edi. Chunki, 18 yil davomida ilk bor o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan xonandada hayajon bo’lmasdan boshqa iloj ham yo’q. Konsert davomida bir qator duet taronalar ham ijro etildi. Jumladan, Ulug’bek Rahmatullaev, «Bojalar» guruhi, «Eldido» guruhi, Mavluda Asalxo’jaeva bilan ijro etilgan duet taronalar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Konsert yakunida Manzura bilan suhbatlashar ekanmiz, u konsert oldidan va konsert davomida uni qo’llab turgan barcha-barchaga, shu jumladan hamkasblari, estrada xonandalari, aktyor va aktrisalar, OAV hodimlariga o’zining alohida minnatdorchiligini bildirib o’tdi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Manzura konsert dasturini a’lo bahoga o’tkaza oldi!!! Omad yor bo’lsin ikkinchi kunda ham!!! Darvoqe, konsert dasturini chiroyli tashkil etgan «Kabulov Group»ga ham omad tilaymiz!!!
Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda
Bo'lim: Shou-Bizness Yangiliklari | Ko'rildi: 520 | Qo'shdi: admin | Reyting: 0.0/0
Barcha Izohlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]