Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Viruslar uchun «antibiotik»lar
17.12.2014, 19:54 Virus nimaligini bilib oldik. Endi ularga qarshi kurashning eng asosiy usuli haqida so‘z yuritamiz. Har dardning davosi bo‘lganidek, viruslar uchun ham «antibiotik»lar– antivirus dasturlar mavjud. Sizlarni ular bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz. Antivirus dasturlarini o‘zaro solishtirish, taqqoslashdan avval ularning qanday ishlashi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. Qaysi antivirus dasturini olmaylik, hammasining asosiy qiladigan ishi, bajaradigan funksiyasi deyarlibir xil: kompyuterning tezkor va doimiy xotirasini skanerlash va nazorat qilish. Lekin mana shu ikkiish turli antivirus dasturlarda bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Zararli dasturlar, ya’ni viruslarning yozilish kodlarining ketma-ketligi mavjud bo‘lib, antivirus dasturi mana shu ketma-ketlikka qarab virusni tanib oladi. Ba’zi antiviruslar esa, shubhali ob’yektning o‘zini ajratib olib, uni diqqat bilan tekshirib chiqadi, kompleks usulda tahlil qiladi. Bunday usulning yaxshi tarafi – o‘zining shaklini oson o‘zgartirib oladigan yoki uncha tanilmagan viruslarni ham aniqlash imkoni borligidir, yomon tarafi – antivirusdastur tez-tez yolg’on chaqiruvlarni amalga oshiradi. Chunki, aytganimizdek, antivirus aniq biror bir virusni emas, balki shubhali ko‘ringan har qanday faylni tekshiraveradi. Virusni aniqlashning yana bir usuli – xotiradagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda tahlil qilish, monitoring qilishdir. Bunda fayllarning axborot hajmlari, hosil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan birortasi o‘zgarib qolsa, antivirus darrov mana shu o‘zgarishni o‘rganishga tushadi. Chunki, odatda viruslar fayllarning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi. Antivirus dasturning eng muhim sifati zararli kodni aniqlash hisoblanadi. Bundan tashqari, ularning ishlash tezligi, xotirada egallaydigan joyining hajmi, kompyuter resurslarining qancha qismidan faol foydalanishi ham muhim ahamiyatga egadir. Chunkiba’zi antivirus dasturlar ishlayotganida kompyuter deyarli «qotib» qoladi. «Kasperskiy» antivirusi [i-av-3] Kasperskiy, aslida, antivirus dasturyartuvchisi, «Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyasi asoschisi, rossiyalik mutaxassisning familiyasi bo‘lib, bugungi kunda zararli dasturlarga, viruslarga qarshi kurashishning ramziy nomi bo‘lib qolgan. Bu antivirus dastur Rossiya va MDH davlatlarida keng tarqalgan. Laboratoriyada nafaqatantivirusning yangi versiyalari ishlab chiqiladi, balki foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, antivursni takomillashtirish ustida ishlar olib boriladi. Kasperskiy antivirusi sodda va qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha kerakli utilitalarni bitta oynada joylagan. Dasturni o‘rnatish ustasi (master ustanovki) yordami bilan hattoki boshlang‘ich foydalanuvchi ham ushbu antivirusni o‘z kompyuteriga oson o‘rnatib olishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, foydalaniladigan algoritmlarning kuchliligi hattoki professionallarni ham qoniqtiradi. Antiviruslarning salohiyatini tekshirish uchun maxsus test o‘tkazilganda, Kasperskiy ham qatnashdi. Bunda sinov kompyuterining 512 Mb hajmli xotira qismiga 7 ta zararli dastur– virus yuqtirildi va Kasperskiy antivirusi yordamida o‘sha viruslar qidirildi. 15 daqiqa ichida antivirus 6 ta virusni aniqladi, birorta yolg‘on chaqiruv bo‘lmadi. NURISTON.TK Dr. Web [i-av-4] Bu – Rossiyada ishab chiqilgan yana bir antivirus dastur bo‘lib, u mashhurlikda Kasperskiydan qolishmaydi, unga raqobatchilik qiladi. Uning demo versiyasidan foydalanish uchun albatta Internetorqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bu bir tarafdan yaxshi. Sababi, ro‘yxatdan keyin foydalanuvchi viruslar haqidagi eng so‘nggi bazaga ega bo‘ladi. Yomon tarafi shundaki, Dr.Webni o‘rnatish uchun Internetga ulangan bo‘lish lozim bo‘ladi. Boshlang‘ich foydalanuvchilar Dr.Web dan foydalanmoqchi bo‘lasalar, yaxshisi dasturni o’rnatishni kompyuterning o‘ziga qo‘yib berganlari yaxshi. Aks holda, o‘rnatish davomida foydalanuvchi adashib ketish ehtimoli katta. Dr. Web antivirusining ahamiyatli tomoni shundaki, u kompyuterni skanerlayotganida (tekshirayotganida) kompyuterni bloklab qo‘yadi, foydalanuvchi kutib turishiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida keltirilgan antivirus dasturlar o‘rtasidagi testda Dr. Web kompyuterga yuqtirilgan 7 tavirusning hammasini topdi, qo‘shimchasiga kompyuterda kechayotgan zararli jarayon haqida ogohlantirish ham berdi. Panda Antivirus Firewall [i-av-5] Bu dastur nafaqat antivirus, balki brandmauer hamdir. Ya’ni, Panda nafaqat kompyuterning ichini skanerlaydi, balki, agar kompyuteron-layn rejimda Internetga ulangan bo‘lsa, brandmauer tarmoq orqali bo‘layotgan axborotalmashinuvlari paketlarini ham nazoratdan o‘tkazib turadi. Dasturning asosiy muloqot oynasi chiroyli fonda, ko‘rinishi yoqimli bo‘lgani bilan, menyu orqali dasturning biror qismiga o‘tish noqulay tarzda ishlangan. Oddiy foydalanuvchi menyu bo‘limlari ichida bemalol «adashib qolishi» mumkin. Pandaning asosiy xususiyatlaridanbiri u kompyuterdagi bo’sh, zararlanish ehtimoli kuchli bo‘lgandastur yoki qurilmani aniqlab, foydalanuvchiga dasturni yoki qurilma drayverini yangilash ko‘rsatmasini beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham, antiviruslar ichida o‘tkazilgan sinovda Panda Kasperskiy va Dr.Web ga teng kela olmadi. U kiritilgan 7 ta virusdan 6tasini aniqladi, shulardan 3 tasini yo‘q qildi, qolganini esa nomini o‘zgartirib qo‘ya oldi, xolos. Norton Antivirus [i-av-1] Norton Antivirus dasturi «Symantec» kompaniyasining mashhur ishlanmalaridan biri bo‘lib, uning ish faoliyati juda yuqori quvvatli hisoblash tizimlariga asoslangan. Norton Antivirus dasturi foydalanuvchining xatti-harakatlariga juda sekin javob beradi. Bundan tashqari, kompyuterga o‘rnatilayotganida uoperatsion tizim va Internet Explorer Internet brauzerining qaysi versiyada ekanligiga qattiq talablar qo‘yadi. Agar mos tushmasa, o‘rnatilmay qoladi. Norton antivirus dasturi o‘rnatilayotganida virus bazalarini yangilash shart emas, lekin agar baza eskirib qolgan bo‘lsa, u ish jarayonining hamma qismida foydalanuvchiga eslatib turiladi (ba’zan jonga ham tegib ketadi). Bu dasturning «shoshmasligi» uning kompyuterni tekshirish tezligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Kompyuterga yuqtirilgan 7 ta virusning hammasi bu dastur yordamida 15daqiqadan kamroq vaqt ichida topildi, yolg’on chaqiruvlar bo‘lmadi. Dasturning kamchiligiklaridan biri esa hisobotda kirill harflarida yozilganfayl nomlarining to‘g‘ri ko‘rsatilmasligidir. NOD32 [i-av-2] Chet elda, xususan G‘arb davlatlarida o‘tkaziladigan «Virus Bulletin 100%» xalqaro testda yetakchi antivirus hisoblanadi. Lekin u MDH da unchalik ommalashmagan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, faqat mana shu NOD32 antivirus dasturigina birorta ham zararli fayllarni «qo‘yib yubormagan». Bizo‘tkazgan test natijalariga ko‘ra esa, yuqtirilgan 7 ta virusdan 6 tasini 5 daqiqa ichida aniqladi. Oxirgi yettinchi virusga esa, «shubhali» deb tashxis qo‘ydi. Testimizda, umumiy natijalarga ko‘ra, Dr.Web yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Yuqorida sanab o‘tilgan antiviruslar nisbatan mashhurlari, xolos. Ulardan tashqari Avira, Avast, BitDefender, Kerish Antivirus lardan ham foydalaniladi.Antivirus dasturlarning bazilari pullik, ba’zilari esa bepul tarqatiladi. Bilingki, pullik antiviruslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi va kompyuteringizni ishonchliroq himoya qiladi, boshqacharoq aytsak, pullik antivirus mas'uliyatni his qiladi. Bepul antiviruslar ham kompyuterni himoyalay oladi. Lekin jiddiy xavf-xatar vaqtida pullik antiviruslarning litsenziyalangan versiyasigina yordam bera oladi. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda mashhur bo‘lgan antivirus dasturlari ba’zi holatlarda samarali ishlay olmay qoladi. Chunki ularning ishlash algoritmlari uzoq vaqt o‘zgarmay turadi, virus tuzuvchi «chaqqonlar» esa bu algoritmlarniyaxshigina o‘zlashtirib oladilar va antivirusga ko‘rinmaslikning ilojinitopadilar. Yangi chiqayotgan antiviruslar shu jihatdan avvalgilarga qaraganda foydaliroqbo‘lidi. Chunki ularning ishlash algoritmlari ham yangilangan, zamonaviy viruslarni topishlari osonroq. Kompyuter foydalanuvchilariga maslahatimiz quyidagicha. Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanmang, deylik, 2-3 oyda bir marta umuman boshqacha antivirus o‘rnatib, kompyuteringizni, operatsion tizimni qaytadan tekshirib ko‘ring.Chunki kompyuterda uzoq vaqt ishlagan eski antivirus vaqt o‘tishi bilan yangi viruslarni topa olmagan bop’lishi mumkin.

Manba: Nuriston.lark.ru




Ko'rildi: 814 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]