Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Viruslar: afsona va haqiqat
17.12.2014, 19:53 Kompyuter viruslari xuddi mikroorganizmlar singari tarqaladi va sog‘lom dasturlarni zararlaydi. Ular kompyuter tizimini ishdan chiqaribgina qolmay, kompyuterdagi turli fayllarga kirib oladi. Ba’zi viruslar disklarning yuklash sektorlariga zarar yetkazadi. Harqanday virus o‘zining zararli kodlarini kompyuterdagi biror dasturning tanasiga (ichiga) joylashtirib qo‘yadi. Mana shuning uchun ham dastur ishga tushirilganida virus ham qayta-qayta ishga tushaveradi. Bugungi kunda viruslarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning har birining bir nechta modifikatsiyasi mavjud. Shuning uchun viruslar sonini 5-10 marta ko‘p deb hisoblasa ham bo‘ladi.

Virus kompyuterdagi fayllarni zararlashi uchun u eng avvalo birorta fayl yoki dasturning ichiga joylashib oladi. Keyin esa boshqalarini ham zararlashga tushadi. Barcha viruslar fayl yoki dasturlarni deyarli bir xil uslubda quyidagi ketma-ketlikda zararlaydi:

1) Eng avval foydalanuvchi zararlanganfaylni kompyuterning xotirasigao‘tkazgan bo‘lishi kerak. Bundayfayllar kompyuterga asosan fleshkalardan, mahalliy tarmoqlardan yoki Internet tarmog‘idan o‘tishi mumkin. Shundan keyin virus kompyuterxotirasida o‘zini nusxalashni boshlaydi.

2) Xotiraga joylashib olgach, virus kompyuterda birordasturning yuklanishini, ya’ni ishga tushishini kutadi.

3) Dastur yuklanganidan keyin virus o‘zining dastur kodini o‘z qurbonining ichiga joylaydi. Shubilan birga, virus o‘z kodini mana shu ishga tushirilgan dasturning doimiy xotirada saqlanayotgan nusxasiga ham joylaydi.

4) Foydalanuvchi kompyuterni o‘chirguniga qadar, nechta dasturni ishga tushirgan bo‘lsa, virus ularning hammasini, ketma-ket zararlayveradi. Kompyuter o‘chirilganidan keyin tezkor xotiradagi dasturlar o‘chadi, shu bilan birga ularning ichiga kirib olgan virus ham o‘chadi. Lekin bu narsa virus uchun xatarli emas. Chunki uning asosiy nusxasi u mana shu kompyuterga ilk marotaba «kirganida» joylashgan faylda saqlangan bo‘ladi.

5) Kompyuter har safar ishga tushganida, virus ham uyg‘onadi va o‘zining xotiradagiko‘rinmas hayotini davom ettiraveradi…

Yuqorida sanab o‘tilgan beshta bosqich soddaroq variant hisoblanadi. Shunday viruslar borki, ular biror-bir dasturning ishga tushishini kutib o‘tirmaydi, qachon kompyuter yoqilib, operatsion tizim ishlay boshlasa, u ham Windows bilan qo‘shilib ishga tushaveradi. Ba’zi viruslar siqilgan, ya’ni arxivlangan faylning ichiga yashirina oladi.

Tasavvur qiling, odamga gripp virusi yuqdi. Kasal yuqqanligining belgilari odam tanasida paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, burun oqadi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish va hokazo.

Kompyuterga ham virus yuqsa, ba’zi simptomlar yuzaga chiqa boshlaydi. Lekin, shunday viruslar borki, hattoki eng yaxshi antivirus dasturlar ham ularni aniqlay olmaydi. Quyida kompyuterga virus yuqqanligining ba’zi belgilarini sanab o‘tamiz.

• Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi;

• Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha, bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin;

• Sizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra, fayl yoki dasturlarning hajmlari o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi;

• Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi;

• Ekrandagi elementlarning tiniqligi yo‘qoladi;

• Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi;

• Fayllarningnomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi;

• Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan har xil tovushlar chiqadi;

• Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, viruslarning 5 foizigina kompyuterga jiddiy zarar yetkaza oladi, masalan, apparat qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin yoki operatsion tizimni umuman ishlatmay qo‘yishi mumkin. Shunday viruslar borki, ular dastur yoki fayllarga ochiq hujum qilmaydi. Balki, faqatginao‘zini-o‘zi nusxalab yotadi. Maqsad – yashab qolish, bevosita zarar berish emas. Lekin yashab qolishning o‘zi ham ma’lum vaqtdan keyin kompyuterga zarar keltirishni boshlaydi. Chunki xotiradagi joyborgan sari kamayib boradi. Shuni yodda tutingki, «bezarar virus» bo‘lmaydi.

Keling, zararli dasturlarning asosiylari bilan tanishib chiqaylik.

Troyan (troya otlari)

Tarixdan Troya urushi haqida o‘qiganmisiz? O‘shanda dushman tomon sovg‘a qilgan bahaybat ot haykali ichida yashirinib olgan askarlar tunda chiqib, qal'a darvozasini ochganlar. Troyanlar ham xuddishunday ish ko‘radi – kodek, skrinseyver kabi xavfsiz ilovalarga o‘xshab ko‘rinadilar, kompyuterga tushib olgach esa,g‘arazli ishlarini boshlab yuboradilar. Masalan, troyan o‘zining nomini new_game.exe kabi qiziqarli va bir qarashda zararsiz dasturga o‘zgartirib oladi. Ushbu dastur yuklab olingandan keyin, yoki umumanishlamaydi, yo yuklanishda xato yuz bergani va dastur yopilishi haqida xabar chiqadi. Lekin, shuning o‘zi troyanga buzg‘unchligini qilib olish uchun yetarli.

Bekdorlar (backdoor)

Bu – tizimni masofadan turib, ruxsatsiz va yashirin boshqarish dasturlaridir. Ular foydalanuvchi uchun an'anaviy bo‘lgan har qanday amallarni – klaviaturada terish, kursorni yuritish, darcha va ekrandagi narsalarni ko‘rish, tashqi qurilmalarni ishlatish kabilarni bajarish imkonini beradi. Bekdorlar muhim axborot bilan ishlaydiganlar, moliyaviy tizimgakiriladigan kompyuterlar uchun o‘ta xavflidir. Ushbu dasturning asosiy vazifasi – kompyuter tizimiga yashirin ravishda barqaror kirib turishni ta’minlashdir.

Spyware va Adware

Ularning asosiy vazifasi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va bevosita yoki bilvosita moddiy manfaatga ega bo‘lishdan iborat.

Adware («Reklama mahsuloti») – foydalanuvchi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan reklamalar namoyish etadi;

Spyware («Josus mahsulot») – adware dan ko‘ra ancha xavfli. Bu dastur foydalanuvchi harakatlarini kuzatib boradi, kiberjinoyatchilarga shaxsiy ma’lumotlar, kompyuter konfiguratsiyasi, terilgan matn va turli akkauntlarga parollar kabilarni yetkazib berib turadi. Eng yomon tomoni – antivirus dasturlar har doim ham bundayviruslarni topa olmaydi.

NURISTON.TK Rutkitlar

Ular dasturiy va tizim so‘rovlari natijalarini «ushlab olib», almashtirib qo‘yish orqali, zararli dastur yoki jinoyatchining faoliyatini yashirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, antivirus kompyuterdaviruslar bor-yo‘qligini tekshirishuchun, operatsion tizimdan fayllar ro‘yxatini «so‘raydi». Rutkit esa, operatsion tizim taqdim etgan ro‘yxatni «ushlab olib», undan bekdor viruslarini olib tashlab, antivirusga «topa-toza» fayllargina bor ro‘yxatni beradi. Natijada antivirus hech qanday shubhali narsa topa olmaydi.

Bot/Zombi

Botlar va zombilarni zararli dasturlarni boshqarish usuli desak ham bo‘ladi. Ko‘p hollardatroyanlar va bekdorlar yangi talqinlarni yuklash, spamlar tarqatish va boshqa ko‘rsatmalarni olish uchun o‘z egalari, «ona» tarmoqlariga bog‘lanib turadilar. Bunda bot va zombilar keng tarqalgan aloqa usullaridan ham (masalan,ICQ), o‘zlari uchun alohida ishlab chiqilgan bog‘lanish yo‘llaridan ham foydalanishlari mumkin.

Aynan botlar va zombilar yashirin Internet-trafik oqimini yuzaga keltiradi (Internet orqali ma’lumotlar yuklab oladi va jo‘natadi) va shu orqali kompyuter foydalanuvchisining hamyonini ship-shiydam qilishga hissa qo‘shadi.

Chuvalchang (Worm)

Bu dastur qattiq diskda, kompyuter xotirasida ko‘payadiva tarmoq orqali tarqaladi. «Chuvalchang»larning boshqa viruslardan asosiy farqi shundaki, ularning o‘zlari bevosita hech qanday zarar keltirmaydi, faqat o‘zidan-o‘zi ko‘payib yotaveradi. Bundan maqsad xotirani to‘ldirib, operatsion tizim faoliyatini sekinlatishdir. Lekin, «chuvalchang»lar boshqa viruslar uchun baza vazifasini ham o‘taydi. Masalan, ba’zida budasturlar ishga tushganda, u kompyuterni bot-tarmoqqa ulaydi va bu mashinaga yashirinkod o‘rnatib qo‘yadi, ya’ni Internetdan kompyuterga «maxfiy tuynuk» ochadi.

Viruslarning birgalikda ishlashi

Viruslarning turlari har xil bo‘lishiga qaramay, odatda hammalari «kelishib» ishlaydilar. Bir-birlarini yashiradilar, yangilangan ko‘rinishlarining yuklanishiga yordam beradilar. «Chuvalchang»lar bekdorlar uchun makon bo‘lishadi va tarmoqlarda birlashishga xizmat qiladi, troyanlar parollarni o‘g‘irlab, spyware viruslarini o‘rnatadilar va h.k.

Mana, kompyuterning «mazasini qochiradigan» viruslar ana shular. Ba’zilar ularni afsonaviy, yengilmas maxluqdek tasavvur qiladilar, bu to‘g‘ri emas. Viruslarga qarshi kurashish mumkin va lozimdir. Ammo bu – keyingi maqolaning mavzui.

Manba: Nuriston.lark.ru




Ko'rildi: 773 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]