Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Kompyuter oldingiz. Endichi?
17.12.2014, 19:46 Tanish-bilishlardan surishtirib, do‘konma-do‘kon qatnab, axiri o‘zingizga ma’qulini tanladingiz. Bayram ruhi asta so‘ngach, oldingizda asosiy vazifa – kompyuterni yig‘ib, ishga tushirish borligini angladingiz. Aytish kerak, bu oson ish emas. Qaysi qismni qayerga ulash, kompyuterni qayerga qo‘yish kabi savollar shunaqangi quyilib keladiki, osongina kompyuter ustasini chaqirib qo‘ya qolsammikan, degan fikrga kelasiz. Ammo, shoshmang! O‘zingiz hal qilishga urinib ko‘ring-chi?
Bunda sizga quyida keltirilgan tavsiyalar qo‘l kelishi shubhasiz.

Birinchi bor kompyuter sotib olish – bu ham bir bayram.
Tanish-bilishlardan surishtirib, do‘konma-do‘kon qatnab, axiri o‘zingizga ma’qulini tanladingiz.Bayram ruhi asta so‘ngach, oldingizda asosiy vazifa – kompyuterni yig‘ib, ishga tushirish borligini angladingiz. Aytish kerak, bu oson ish emas. Qaysi qismni qayerga ulash, kompyuterni qayerga qo‘yish kabi savollar shunaqangi quyilibkeladiki, osongina kompyuter ustasini chaqirib qo‘ya qolsammikan, degan fikrga kelasiz. Ammo, shoshmang! O‘zingiz hal qilishga urinib ko‘ring-chi?
Bunda sizga quyida keltirilgan tavsiyalar qo‘l kelishi shubhasiz.
1. Avvalo kompyuter monitorini qayerga qo‘yishni hal etish kerak. Ekran ko‘zingizning qarshisida turishi lozim. Axir busiz uchun kompyuter va Internet olamiga ochilgan derazadir. Ekran qarshisiga o‘tiring-da, o‘zingizni kompyuterda ishlayotgandek tasavvur qiling. Yelkalarni bukishga to‘g‘ri kelmayaptimi? Agar shunday bo‘lsa, monitorning tagiga biror narsa qo‘ying.
Odatda, dars stolideraza yonida joylashgan bo‘ladi. Monitorni stolga joylashtirayotganda derazadan monitorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorug‘lik tushmasligiga e’tibor bering. Aks holda monitordagi tasvirni ko‘rish qiyinlashadi (buni televizor ko‘rayotganingizda ko‘p marta sinagan bo‘lsangiz kerak). Ba’zida, joyni tejash maqsadida,monitorni stolning chetiga, yon tomonga qo‘yadilar. Bu yaxshi emas: uzoq vaqt boshingizni yonga burib o‘tirish bo‘yin mushaklarining zo‘riqishiga olibkelishi mumkin.
Yana bir maslahat – saranjomlikni unutmang. Kompyuter orqa panelidan kelayotgan kabellarnistol ostiga yashiring.
2. Kompyuter tizimli blokini (uni «keys» deb ham ataydilar) qo‘l yetadigan, lekin ko‘zga tashlanmaydigan yerga joylashtirgan afzal. Diskovodlar («DVD-rom», «CD-rom») oson ochiladigan bo‘lsin, chunki ular bilan ko‘p ishlashingizga to‘g‘ri keladi. «Keys»ni polga qo‘ysangiz ham bo‘ladi, lekin korpusning ichidagi yoki orqa paneldagi qismlarni tez-tez almashtiradigan bo‘lsangiz, yaxshisi rolikli taglik sotib oling.Buning yana bir yaxshi tomoni – uy yig‘ishtirilayotganda «keys»ni surib turish oson bo‘ladi. Qolaversa, «keys»ning orqa panelini devorga tirab qo‘ymang. «Кeys» va devor o‘rtasida havo aylanib turishi uchun yetarlicha masofa qolishikerak. Yana bir jihat, «keys»ni isitish tizimlaridan uzoqroqda tuting. Protsessor ishlash jarayonida shundoq ham qizib ketadi, qo‘shimcha issiqlik kompyuter ventilyatori – «kuler»ga ish orttiradi va uning ishdan chiqishiga sabab bo‘lishimumkin.
3. Klaviaturani stol ustiga yoki maxsus tortmaga qo‘ying, kabelni esa, stol ortidan yoki (agar mavjud bo‘lsa) tegishli teshikdan o‘tkazing. «Sichqoncha»ni ham shunday joylashtirasiz. Ba’zida u«keys»ga emas, klaviatura yoki monitorga ulangan bo‘ladi (agar ularda USB porti mavjud bo‘lsa). Yana bir bor kompyuter qarshisiga o‘tiring, klaviaturada ishlayotganingizda yelkalaringizto‘g‘ri turishiga amin bo‘ling. Aks holda stulni ko‘tarish yoki klaviaturani pastroq tushirishgato‘g‘ri keladi.
4. Ovoz kuchaytirgichlarni ishlab chiqaruvchi tavsiyasiga muvofiqkeladigan yerga joylashtiring. Kabellarni stol ortiga tartib bilanjoylashtirish kerak, ovoz kuchaytirgichning kabeli elektr energiyasi kabeli bilan yonma-yon bo‘lib qolmasin, aks holda ularda shovqin yuzaga keladi.
5. Barcha kabellarni kompyuterga qo‘shib berilgan diagramma va rangli belgilar bo‘yicha ulang. Imkon bo‘lsa, elektr tarmoqlaridagi kuchlanishning keskin o‘zgarishi ta‘sirini bartaraf qiladigan filtr yoki to‘xtovsiz ozuqa manbai (UPS) o‘rnatgan afzal.
6.Kompyuterni yoqing. Dastur yuklanishini kuting. Buning uchun bir nechadaqiqa kerak bo‘ladi.
7. Kompyuter to‘g‘ri ishlay boshlaganiga amin bo‘lgach, kabellarni ixcham qilib bog‘langva ishlashga xalal bermaydigan qilib joylashtiring. Elektr energiyasi kabeli
va dinamiklarning kabellari bir-biridan chetda bo‘lishiga e‘tibor bering. Kabellar uchun maxsus o‘ramlar yoki quvurchalarni xo‘jalik mollari do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
8. Ishni yakunlashingizdan oldin korpusga yopishtirilgan yorliqdagi ma’lumotlarni, jumladan, model raqami, kompyuterning seriya raqami va boshqalarni yozib olib, saqlab qo‘yishni unutmang. Ularkompyuter ishlab chiqaruvchisining texnik yordam xizmatiga murojaat qilganingizda asqatadi.
Darvoqe, kompyuterda ishlashning muhim qoidasini bilib oling – kompyuter, aslida texnika sanalsa-da, ammo xuddi uy jonivorlari va o‘simliklar kabi parvarishni yaxshi ko‘radi. Agar kompyuteringiz ko‘ngildagidek va uzoq ishlashini istasangiz, uni changdan asrang va havoning yetarlicha aylanib turishini ta’minlang. Ana shunda kompyuter uzoq yillar davomida xizmatingizda bo‘ladi.

Manba: Nuriston.lark.ru




Ko'rildi: 486 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]