Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Drayver
17.12.2014, 19:48 O‘tgan maqolada Windows XP o‘rnatishni o‘rgangan edik. Endi drayverlar haqida kerakli ma'lumotlarni bilib olamiz. Chunki kompyuterda ishlash davomida ularning xizmatidan foydalanmay iloj yo‘q. Hali o‘zingiz ham ko‘p marta drayvero‘rnatishingizga to‘g‘ri kelishi shubhasiz.

Bir shoirtabiat usta drayverni «qurilmalarning ruhi» deb ta'riflagandi. Haqiqatan, drayverqurilmalarga «jon kiritadi», ishlashini ta'minlaydi.

Kompyuterga o‘rnatilgan har qanday qurilma, to uning drayveri ishga tushirilmagunicha, kompyuterga «bog‘lana olmaydi». Misol uchun, kompyuterga modem uladingiz,lekin to uning drayverini o‘rnatmaguningizcha, modemdan foydalana olmaysiz.

Chunki modemga «boshqaruvchi» («Driver» ingliz tilida shunday ma'noni anglatadi) kerak bo‘ladi. Aynan drayver modemni yoki kompyuterning boshqa tarkibiyqismlarining boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.

Shuni ham inobatga olingki,har bir qurilma uchun alohida drayver bo‘ladi. Shu sababli modemmi, videokartami yoki boshqa biror qurilma sotib olayotganingizda uning drayverini ham olishni unutmang.

Kompyuterga drayver o‘rnatish

Bu birinchi qarashdagina murakkab tuyuladi. Aslida barcha drayverlar uchun bir xil bo‘lgan ketma-ketlikdagi bir necha amallar bajarilsa, kifoya.

Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘ladi. Ular odatda Install.exe yoki setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu fayllarni bosganingizda ketma-ket darchalar ochiladi. Ulardagi «Dalee» «(Keyingi) tugmasini bosib borasiz. O‘rnatishga oid boshqa barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi.

Drayver o‘rnatayotganingizda bitta muammo chiqishi mumkin. Bu ham bo‘lsa, tegishli qurilma topilmaganligi haqida xabar paydo bo‘lishi. Bu muammoni hal etish uchun avvalo o‘rnatilayotgan drayver haqiqatan yangi qurilmaga tegishli ekanligini tekshiring (barcha qurilmalar uchun universal drayver hozircha o‘ylab topilmagan!). Agar drayver aynan shu qurilmaniki bo‘lsa, unda u qurilmaga qaraganda ancha keyin chiqqanbo‘ladi, shuning uchun eski talqindagi drayverni topib, o‘rnating.

Drayver o‘rnatishning kompleks uslubi

Drayver o‘rnatishning ikkinchi uslubi biroz murakkabroq bo‘lsa-da, bir marta unnab, tushunib olsangiz, keyin har qanday drayverni muammosiz o‘rnata oladigan bo‘lasiz.

1. «Пуск» menyusiga kirasiz, «Мой компьютер» (Mening kompyuterim) tugmachasiga strelkani olib borib, sichqonchaning o‘ng tomonini bosasiz. Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan «Свойство» (Xususiyatlar) ni tanlang.

2. «Оборудование» (Qurilmalar) sahifachasini tanlang va «Диспетчер устройств» (Qurilmalar dispetcheri) tugmachasini bosing.

3. Paydo bo‘lgan darchada drayver o‘rnatish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang va sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing. Ro‘yxat ochiladi, undan «Свойства» (Xususiyatlar) ni tanlaysiz.

E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi.

4. «Драйвер» sahifachasini tanlang va «Обновить» (Yangilash) tugmasini bosing.

5. «Нет, не в этот раз» (Yo‘q, bu gal emas)ni tanlaysiz va «Далее» tugmasini bosing.

6. Ikkita variant mavjud. Oldin «Автоматическая установка (рекоммендуется)» (Avtomatik o‘rnatish (tavsiya etiladi))ni bosing, bunda kompyuter drayverni o‘zi qidiribtopish va o‘rnatishga harakat qladi. Agar topa olmasa, bu haqda xabar ekranda chiqadi. Agar u topa olmasa, ortga qayting («Назад» (Orqaga) tugmasi yordamida) va «Установка из указанного места» (Ko‘rsatilgan joydan o‘rnatish)ni tanlab, «Далее» tugmasini bosing.

7. Keyingi darchada ham sizni ikkita yo‘l kutmoqda. Agar drayverli diskingiz bo‘lsa, uni diskovodga joylasangiz va «Поиск на сменных носителях(дискетах, компакт-дисках...)» (Almashinuvchan tashuvchilar (disketlar, kompakt-disklar va b.)larda izlash) qarshisiga belgi qo‘yib, «Далее» tugmasini bossangiz bo‘ldi.

8. Kompakt-diskingiz bo‘lmasa, drayverni Internetdanyuklab olgan bo‘lsangizu, arxivda setup.exe fayli bo‘lmasa,mana shunday hollarda drayverga boradigan yo‘lni qo‘lda ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.Oldingi bosqichda tasvirlangan darchaga qaytasiz.

«Включить следующее место поиска:» (Qidiruv uchun quyidagi joyni qo‘shish:) qarshisiga belgi qo‘yasiz va «Обзор» (Sharh) tugmasini bosasiz. Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan yuklab olingan drayver turgan joy (papka)ni tanlab, «OK» tugmasini bosing. Yo‘lni ko‘rsatib bo‘lganingizdan so‘ng «Далее» tugmasini bosasiz va drayverning o‘rnatilishi boshlanadi.

Ko‘rib turganingizdek, drayver o‘rnatish unchalik murakkab emas. Ha, yana bir gap – yuklab olgan drayveringiz«drayvernomi.inf» ko‘rinishida bo‘lsa, bu faylga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdagi «Установить» (O‘rnatish) ni tanlang.

Manba: Nuriston.lark.ru




Ko'rildi: 486 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]