Bozcity.Uz - Universal Portal Siz ushbu saytdan o'zingiz hohlagan ma'lumotlarni topishingiz mumkun. Musiqa, video kliplar, Rasmlar, Odnoklassniki sirlari, Hikoyalar, She'rlar, Latifalar, PHP Operatsion tizimi, HTML operatsion Tizimi, Internet yangiliklari har kungi har xil ma'lumotlardan habardor bo'shingiz mumkun. Bizdan Uzoqlashmang!!! Bu Hali Boshlanishi...
Мenu
Reklama
Top 10
                             
Реклама
Yangi Rasmlar
Bizning Savol
Оцените мой сайт

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 32
Profil
Гость


Iltimos Saytdan Ro'yhatdan O'ting va O'z Profilingizga Kiring.


Rasmingiz Uchun Joy
So'ngi Izohlar
(16.06.2016 21:20)
2та талаба кизлар гаплашиб утиришибди.
-Гули учрашувга чикгим келмаяпти сен нима дейсан маслахат бер.
-Учрашувга чикишинг керак, хеч булмаса корнинг туйиб келасан

(16.06.2016 21:20)
иккита алкаш бир бирига
- хозир урнимдан туриб йуриб кетсам яна ичамиз
- йураолмасанчи
- унда тугри уйга кетамиз

(16.06.2016 21:19)
[size=8]Алло, бу циркми?
– Ҳа.
– Мен гапирувчи эшакман, мени
ишга олмайсизларми?
– Жуда яхши, айтинг-чи,
қўлингиздан нималар келади

(14.06.2016 22:32)
O’qituvchi o’quvchilardan so’rayapti:
- Bu qanaqa hayvonning skeleti?
Teshavoy darrov javob berdi:
- O’lgan hayvonniki…
biggrin

(14.06.2016 22:29)
-Ойижон дарахтдан тушириб куйинг, баландликдан куркаябман.
-Куркма углим сен дарахтдамас ердасан, Яна кимлигингни унитдингми, ахир сен жирафасан-ку...

(14.06.2016 22:28)
Birinchi sinfga birinchi kun borib kelgan o'g'lidan otasi so'rayabdi.
-Yozishni o'rgandinmi o'g'lim?
-Xa o'rgandim dada.
-Birinchi kundan yozishni o'rgatgan bo'lsa, nima deb yozding?
-Bilmadim, o'qishni o'rgatmadi

Reklama
Biz Bilan Aloqa


Statistika
Всего чел. на сайте: 4670
Новых за месяц: 0
Новых за неделю: 0
Новых вчера: 0
Новых сегодня: 0
Счетчики
Онлайн лист
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Cегодня нас посетили
Googleda ishlash sirlari
09.12.2014, 12:18 Internetdan asosan yangiliklardan boxabar bo‘lish, pochtadan foydalanish va kerakli ma’lumotlarni izlash uchun foydalanamiz. Ma’lumot qidirish deganda ko‘pchilik Google ga kirishni tasavvur qiladi. Bu bejiz emas, chunki u –eng keng tarqalgan qidiruv sayti.

Shunday ekan, keling, ushbu saytda ishlashni yaxshilab o‘rganamiz.

1. Qidiruvdan istisno qilish

Qidirishga berayotgan topshiriqdan nimanidir, masalan, biror so‘z, ibora, belgi yoki boshqa narsani mustasno qilmoqchi bo‘lsangiz, uning oldiga «-» (minus) belgisini qo‘yishingiz yetarli. Misol uchun,qidiruv satriga «adabiyot -detektiv» iborasini kiritsam, qidiruv natijasida birorta «detektiv» so‘zi chiqmaydi, tabiiyki, pullik reklama e’lonlaridan tashqari.

2. Sinonimlarni ham izlash

«~» belgisi yordamida tanlangan so‘zning sinonimlarini ham qo‘shib qidirish mumkin bo‘ladi. To‘g‘ri, bu funksiya hozircha o‘zbek tilidagi so‘zlarga joriy etilmagan.Lekin rus yoki ingliz tilida qidirsangiz, bemalol. Masalan, «~good day» iborasini yozsak, Google bizga «good» so‘zining sinonimi yoki ma’nodoshi qatnashgan saytlarni ham ko‘rsatadi.

3. Noaniq qidiruv

Agar qidirish uchun kerak bo‘lgan kalit so‘zni aniq belgilay olmagan bo‘lsangiz, «*» operatori yordam beradi.

Masalan, sizga XX asr adabiyoti haqida ma’lumot kerak. Turli xalqlar adabiyotini taqqoslamoqchisiz. Har bir xalq adabiyoti uchun alohida buyruqkiritib o‘tirishning hojati yo‘q. «XX asr * adabiyoti» jumlasini qidiruvga bersangiz, «yulduzcha» o‘rniga turli nomlar, jumladan xalqlar nomlari qo‘yilgan saytlar sizga havola qilinadi.

4. Berilgan variantlardan istalganini qidirish

«|» operatoridan foydalanib, Google da u yoki bu so‘zlarni o‘zgartirgan holda, bir necha xil so‘zlar birikmalari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin.

Misol uchun, «tort | somsa pishirish» iborasini kiritsak, qidiruv natijasida «tort pishirish» hamda «somsa pishirish» jumlalari mavjud saytlar namoyon bo‘ladi.

5. So‘z ma’nosi

Ba’zida bir so‘zning nima ma’no anglatishini bilmay qolamiz, ayniqsa ilmiy, texnikaviy atama bo‘lsa. Shundaqidiruv satriga «define:» so‘zini kiritib, ikki nuqtadan keyin ma’nosini bilmoqchi bo‘lganimiz atamani kiritamiz.

6. Aniq mos kelish

Ba’zida ikki va undan ko‘p so‘zlarni qidiruv satriga yozsak, Google ushbu so‘zlar qatnashgan saytlarni topishga topadi-yu, lekin bu so‘zlarning biri saytning u chetida, ikkinchisi bu chetida bo‘lishi ham mumkin.

Qidirlayotgan so‘zlar aynan ketma-ket kelishi talab etilsa, ya’ni, biz terganimizga aniq mos kelishini istasak, so‘zlarni qo‘shtirnoq ichiga olishimiz kerak.

7. Muayyan saytdan qidirish

Kalit so‘zlarni faqat bitta, muayyan saytdan qidirish uchun qidirilayotgan so‘zlardan oldin «site:» qo‘shimchasini kiritish talab etiladi.

8. O‘lchovlar konverteri

Google foydalanuvchining talabiga binoan o‘lchovlarni biridan ikkinchisiga o‘girishni ham amalga oshiradi.

Masalan, bizda og‘irlikni kilogrammlarda o‘lchasak, Angliyada funtlarda o‘lchashadi.Funtlarda berilgan miqdor necha kilo bo‘lishini bilish uchun Google ga «murojaat» qilamiz.

9. Aniq vaqtni belgilash

«time:» so‘zi yoki uning ruscha tarjimasi – «vremya:»ni kiritib, ketidan kerakli shaharni yozsangiz, zarur shaharda aniq vaqt ko‘rsatiladi.

10. Google – kalkulyator

Google ni faqat qidiruv saytideb o‘ylaysizmi? Yo‘q. U arifmetik hisoblashni ham biladi. Qidiruv satriga biror misol yozing, u zudlik bilan yechib beradi.

11. Fayl turi bo‘yicha izlash

Aynan bir turdagi faylda saqlangan ma’lumot qidirayotgan bo‘lsangiz, Google da «filetype:» operatori bor, u berilgan formatdagi fayl bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi.

12. Ob-havo ma’lumoti

Ha, Google sizga ob-havo haqida ham tezkor xabar berishi mumkin. Buning uchun to‘g‘ri so‘ray bilish kerak. «weather:» va kerakli shahar nomi yozilsa, bas.

13. Tarjima

Google da alohida «Perevodchik» – «Tarjimon» servisi borligini bilamiz. Lekin, qidiruv sahifasining o‘zida kerakli so‘zlarni tarjima qilib olishning iloji ham bor. Buning uchun «translate [so‘z] into [til]» operatoridan foydalanamiz.

Bu hali hammasi emas. Google qidiruv sayti o‘z imkoniyatlarini muntazam kengaytirib boradi. Agar siz Google ning biz keltirmagan funksiyalaridan xabardor bo‘lsangiz, biz bilan o‘rtoqlashing.




Ko'rildi: 548 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0





Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]